Markaziy harbiy okrug psixologlari sardobaliklarga ruhiy dalda bo’lmoqda (foto)

Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi Qo’rg’ontepa, Do’stlik, Yurtdosh kabi mahallaridan evakuatsiya qilingan aholi bilan okrug psixologlari treninglar tashkil etmoqda.

Suv toshqini oqibatlarini o’z ko’zi bilan ko’rgan va bir kunda boridan ayrilgan aholi uchun bundan ortiq ruhiy zarba bo’lmasa kerak. Hozirda ularni hayoti va ruhiy holati anchagina izga tushmoqda.

Dastlabki kunlardanoq psixologlar aniq rejalar asosida ish kunini boshlashdi. Avvalo suv toshqinidan aziyat chekkan fuqarolar qalbida ertangi kunga bo’lgan umidini qaytarish kerak. Shu bilan birga ularni ruhiy holatini yaxshilash hamda qo’rquv hislarini yo’qotishda treninglar va mashg’ulotlar, suhbatlar tashkil etish foydadan holi bo’lmaydi.

Harbiy psixologlar mayor Xamza Umarov, kapitan Turakulov Oxunjon, leytenant Zoxidjon Askarxujayev, leytenant Jamshid Xabibov tomonidan 1000 nafardan ortiq evakuatsiya qilingan aholi va ularning farzandlari psixologik mashg’ulotlarga jalb qilindi.

Hozirga qadar jamoaviy o’yinlar, timbilding mashg’ulotlari, turli estafedalar va intelektual salohiyatni oshirishga qaratilgan psixologik treninglar olib borilmokda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

 

Izoh qoldiring