Markaziy harbiy okrug qo’mondonligi tashabbusi bilan harbiy qismda kutubxona tashkil etildi (foto)

Markaziy harbiy okrug qo’mondonligi tashabbusi bilan Jizzax garnizonidagi harbiy qismda yangidan kutubxonada tashkil etildi.

Podpolkovnik Najmiddin Razov rahbarlik qilayotgan harbiy qismda tashkil etilgan mazkur kutubxona fondida 8 mingga yaqin kitoblar mavjud. Ulardan 5000 tasi jahon va o’zbek adabiyoti durdonlari, 500 ga yaqin tarixiy kitoblar, shuningdek, bolalar uchun risolalar hamda o’quv qo’llanmalaridan iborat.

– Harbiy xizmatchilar tomonidan ko’ngilli ravishda ushbu kutubxonaga 2000 ga yaqin kitoblar topshirildi, – deydi mayor Muhammad Azimov. – Shu bilan birga, Mudofaa vazirligi, okrug qo’mondonligi hamda Baxmal tumani hokimligi tomonidan 3000 mingga yaqin kitob ajratildi. Bundan tashqari, Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta tashabbusdan biri kompyuter savodxonligi kurslari ushbu kutubxona negizida tashkil etilmoqda.

Shuningdek, karantin paytida harbiy qism komandiri o’rinbosari hamda kutubxona mudirasi tomonidan “Vatanparvar” mahallasida yosh oilalar va bolalarga kitoblar tarqatayotganini guvohi bo’ldik.

kapitan G’ayrat Madrahimov, Otabek Norboyev

Izoh qoldiring