Markaziy harbiy okrug qo’mondonligi karantinga olingan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berdi (foto)

Bugun, 16 may kuni Markaziy harbiy okrug qo’mondonligi tashabbusi bilan Samarqand shahridagi karantinga olingan va ehtiyojmand oilalarni 30 nafariga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Prezident topshirig’iga asosan, sinovli kunlarda xalqimizning muhtoj qatlamiga moddiy ko’mak berish maqsadida “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati tashkil etildi. Ushbu savobli ishga hissa qo’shgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hamda tadbirkorlarga davlat tomonidan qo’shimcha imtiyozlar berilishi ko’zda tutildi.

Markaziy harbiy okrug qo’mondonligi esa viloyat hokimligidan Samarqand, Jizzax hamda Navoiy shahridagi jami 85 nafar nogironligi bor, boquvchisini yo’qotgan va karantin vaqtida ishsiz qolgan oilalarni otaliqqa olishga tayyor ekanligini bildirdi.

Harbiy xizmatchilar tomonidan ikkinchi marotaba ikki xaftaga yetadigan shakar, un, yog’, go’sht, tuxim va oziq-ovqat mahsulotlar ehtiyojmand oilalarga yetkazildi.

Mazkur hayriya tadbiri doirasida Jizzax viloyatidagi 30 ta hamda Navoiy shahri va tumanlarida istiqomat qilayotgan 25 nafar oilaga ham moddiy yordam ko’rsatildi.

Bundan tashqari, tashrif chog’ida har bir xonadonda dizenfektsiya ishlari amalga oshirildi. Xonadon egalarini tana harorati tekshirilib, yetakchi mutaxassislar tomonidan xavfli infektsiya bilan samarali kurashishda tegishli tavsiyalar berildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring