Samarqand shahar ko’chalarida yengil zirhli texnika aholini zaruriyatsiz ko’chaga chiqmaslikka chaqirmoqda (foto)

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Samarqand garnizoni harbiy xizmatchilari tomonidan “Maxx-Pro pluss” rusumli yengil zirhlangan texnikada aholini zaruriyatsiz ko’chaga chiqmaslikka chaqirilmoqda.

Har kuni 17 tonnali 3 ta harbiy texnika Samarqand shahar ko’chalari bo’ylab harakatlanib, qariyb 150 km. masofani bosib o’tadi. Unga maxsus ovoz kuchaytirgich o’rnatilgan bo’lib, audio xabar 100 metr uzoqlikdagi odamga eshitaladi.

– Xavfli infektsiyaga qarshi kurashishning eng samarali usuli uyda qolib, shifokorlar tavsiyasiga amal qilishdir. Buning uchun esa ommaviy vositalari orqali, bannerlar, biz kabi ko’chma targ’ibot texnikalari qo’l keladi, – deydi podpolkovnik Shavkat Abdurahimov.

Shuningdek, Samarqand viloyatidagi chekka hudularida harbiy xizmatchilar tashabbusi bilan avtoulovlarga ovoz kuchaytirgichlar o’rnatilib, targ’ibot ishlari olib borilmoqda.

kapitan G’ayrat Madrahimov, Otabek Norboyev

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring