Markaziy harbiy okrug qo’mondonligi karantindagi jonkuyar shifokorlar xolidan xabar oldi (foto)

Bugun, 29 mart kuni Markaziy harbiy okrug qo’mondonligi tashabbusi bilan ayni paytda karantindagi Samarqand viloyatida joylashgan Yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi xodimlariga go’sht hamda birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Butun dunyoga xavf solayotgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda bugun O’zbekistonda sog’liqni saqlash vazirligi xodimlari birinchi qatorlarda “janggohlar”ga kiryapti. Xavfli infektsiya bilan kasallanganlarga yordam ko’rsatyapti.

– Xabar berilganidek, 7 nafar o’zbekistonlik kasallikdan sog’aydi. Biz xavfli infektsiya bilan kasallangan barcha bemorlarni oyoqqa turib ketishiga umid bog’layapmiz. Bugungi xushxabardan xursand bo’lib, karantinga olingan klinik shifoxonasi xodimlariga imkoniyat darajasida go’sht, birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari va tushlik olib bordik, – deydi shartnoma asosida harbiy xizmatchi Otabek Norboyev. – Barcha shifokorlarni mehnatini qadrlaymiz va ularga ta’zim qilamiz.

Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari shifokorlarga ko’rsatayotgan jonbozliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.

kapitan G’ayrat Madrahimov.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring