Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilarini farzandlari o’rtasida «Uyda qoling, bilim oling!» tanlovi e’lon qilindi (foto)

Tanlov shartlariga ko’ra, har bir bolajon bir kitobni o’qishi hamda asardagi yaxshilik va yomonlik obrazi, undan olgan tassurotlari haqida qiziqarli tarzda bir daqiqa vaqt ichida so’zlab berishi talab etiladi.

Videolar Markaziy harbiy okrug rasmiy telegramm kanali orqali e’lon qilib boriladi. Tanlov 29 martdan 20 aprelga qadar davom etadi. Videolarni (90) 355-44-22 telegram raqamiga yuborish so’raladi. Tanlovda ishtirok etish uchun shoshiling!

Tanlov g’oliblari ya’ni 1-,2- va 3-o’rninni egallagan bolajonlar Markaziy harbiy okrug qo’mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo’yicha o’rinbosari polkovnik Ulug’bek Do’stmatov tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlanadi.

kapitan G’ayrat Madrahimov.

Izoh qoldiring