Navoiylik deputat 100 ta nogironligi bor oilaga un va tovuq go’shti tarqatdi (foto)

Navoiylik deputat va tadbirkor Aziz Suvonov mamlakatimizda karantin e’lon qilingandan so’ng, 100 nafar kam ta’minlangan va nogironligi bor oilaga 25 kilogramm un, tuhum hamda tovuq go’shti tarqatgan. Bu haqda jurnalist G’ayrat Madrahimov ma’lum qildi.

Ayni kunlarda yana 150 nafar qiynalgan oilalarga yordam berishni maqsad qilgan. Shuningdek, Navoiy shahridagi “Sahovat” va Karmana tumanidagi dehqon bozorida ushbu tadbirkor tomonidan arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etilib, har kuni 500 so’mdan 80 ming dona tuhum hamda 1 kilogrammi 10 000 so’mdan 1,5 tonnagacha go’sht mahsulotlarini aholiga tarqatmoqda.

Izoh qoldiring