Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari kam ta’minlangan oilalarga moddiy va ma’naviy ko’mak berishda faollik ko’rsatmoqda (foto)

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Kattaqo’rg’on garnizoni harbiy xizmatchilari 10 ga yaqin kam ta’minlangan va boquvchisini yo’qotgan oilalarga moddiy ko’mak berishdi.

Jumladan, Kattaqo’rg’on shahridagi Do’stlik maxallasida istiqomat qilayotgan Umida Xaydarova hamda 1-guruh nogironi E’tibor aya Xolmurodova xolidan xabar olindi. Ularga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiy vositalar berildi.

– O’zbekistonda xavfli infektsiya sabab, barcha joylar karantinga olingan. Shunday sharoitda harbiylar xonadonimizga kelib, ko’nglimizni ko’tardi, oziq-ovqat mahsulotlari hamda tibbiy niqoblar ulashdi, – deydi Go’zalkent mahlalasida yashovchi 1-guruh nogironi Madina Uzokova. – Bu e’tibordan juda xursand bo’ldik.

Shu kuni ko’ngilli harbiy xizmatchilar tomonidan Gulnora Sultonova, boquvchisin yo’qotgan Zohida aya Ergasheva, Nargiza Qodirova, Zebiniso To’qliyeva, yolg’iz yashayotgan keksalardan Lyudmillo Karaxavtiskaya kabi 9 ta oilaga yordam ko’rsatildi.

Kapitan G’ayrat Madrahimov, Otabek Norboyev.

Izoh qoldiring