Harbiy shaharchaga kirayotgan avtoulovlar dizenfektsiya qilinmoqda (foto)

Samarqand garnizonida joylashgan 16-sonli harbiy shaharchaga kirayotgan avtomobillar dizenfektsiya ishlari amalga oshirilmoqda.

– Har bir mashinani kirish-chiqishi qattiq nazoratga olingan, – deydi harbiy komendant kapitan Vohid Hamidov. – Shu bilan birga “Vatanparvarlar” mahallasida va shaharcha hududida haydovchilar va fuqarolarni tibbiy niqob taqib yurishi bo’yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Maqsadimiz bir – harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, harbiy shaharchada yashayotgan fuqarolarni xavfsiziligini ta’minlash. Barcha fuqarolardan zaruratsiz ko’chaga chiqmasliklarini iltimos qilib qolaman.

Shuningdek, harbiy shaharchada targ’ibot materiallari do’kon va ko’chalarga ilib chiqilmoqda.

Kapitan G’ayrat Madrahimov, Otabek Norboyev.

Foto: Vohid Hamidov
Foto: Vohid Hamidov
Foto: Vohid Hamidov

Izoh qoldiring