Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari Qozog’istondan kelgan 1157 nafar o’zbekistonliklarni xavfsizligini ta’minlashga jalb qilindi (foto)

Kecha, 25 mart kuni 1157 nafar O’zbekiston fuqarosi temiryo’l orqali Qozog’iston Respublikasidan Samarqand shahriga olib kelindi.

Markaziy harbiy okrug qo’mondonligi, viloyat hokimligi, Sog’liqni saqlash boshqarmasi hamda soha mutaxassislari tomonidan hamyurtlarimiz qisqa fursatda Samarqand shahrida vaqtincha tashkil etilgan karantin maskaniga joylashtirildi.

30 ga yaqin shifokorlar tomonidan sog’lig’i tekshirilgan yigit-qizlar, ayollar hamda bolalar o’zlari uchun ajratilgan hamda dizenfektsiya qilingan shinam xonalarga joylashtirildi.
Karantindagi fuqarolarni xavfsizligini ta’minlash maqsadida Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari tomonidan patrullik qo’riqlovi tashkil etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

 

Izoh qoldiring