Podpolkovnik Anvar Ibragimov: Harbiylarda ma’naviy–ahloqiy fazilatlarni yanada rivojlantirishda nimalarga e’tibr qaratib kerak (maqola)

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo’mondoni Shavkat Mirziyoyev har bir viloyatlarga safarlarida harbiy qismlarga tashrif buyuradi.

Foto: G’.Madrahimov

Harbiy xizmatchilar bilan uchrashuv chog’ida “Harbiy xizmatchilarni ma’naviy fazilatlarini uyg’unlashtirish, kitob mutaolasi, nutq madaniyatini rivojlantirish va bularga erishishda Abu Nasir Farobiy, Muxammad Koshg’oriy, Yusuf Xos Xojib, Axmad Yugnakiy va shu kabi buyuk allomalarimizning bizga qoldirgan yuksak ma’naviy va madaniy meroslarini, qo’l yozmalarini, shu bilan birga Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zaxiriddin Muxammad Bobur kabi sarkardalarimizni munosib jang san’atini va qo’shinlarni boshqarishni bilish, ularni kelgusida yoshlarimizning harbiy vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy salohiyatini oshirish, yoshlar qalbida ona yurtga sadoqat tuyg’ularini shakllantirishda katta ahamiyatga ega ekanligini aytib o’tadilar”.

O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va ana shu mustaqillikni, mamlakatimiz halkining bunyodkorlik mehnatini va tinch hayotini, osoyishtaligini himoya qilish zaruriyatidan kelib chiqan holda amalga oshirilayotgan harbiy isloxatlarning talablaridan biri Qurolli Kuchlarimiz uchun yuqori malakali mutaxassislarni, yuksak intelektual, ma’naviy-axloqiy jihatlarga ega harbiy kadrlarni tayyorlashdir. Buning provardida esa harbiy xizmatchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini va ko’nikmalarini oshirishdan iboratdir.

Yangi taxrirda qabul qilingan Doktirinada O’zbekiston mudofaa sohasidagi siyosati bo’yicha printsipial yondashuvlar, ularni qo’llash asoslari, Quroli Kuchlar oldida turgan vazifalar, shuningdek, milliy armiyamiz qurilishi va rivojlanishini davom ettirish bo’yicha istiqbolli yo’nalishlar belgilab berildi.

Harbiy xizmatchini shakllanishi albatda armiyaga kelayotgan yoshlar tarkibidan boshlanadi. Mamlakatimiz yoshlarini, shu jumladan uyushmagan yoshlarni va boshqa yosh avlod vakillarini vatanparvarlik ruhida o’qitish, ularni armiya saflariga tayyorlash va Vatan himoyasi uchun yetuk farzand etib tarbiyalashda yoshlarni diqqat e’tibordan chetta qoldirish kerak emasligini unitmasligimiz kerak.

Shu o’rinda o’z faoliyatini Vatanni hamda inson hayotini himoya qilishga karatib kelayotgan harbiy soha xizmatchilariga hozirgi inavatsion ta’lim-tarbiya jarayonidan keng foydalangan holda chuqur bilimlarni egallash, ichki dunyosini muntazam ravishda ma’naviy oziqlantirib borishni zamonni o’zi talab etmoqda.

Hozirda harbiy xizmatchilarni ta’limning inavatsion yo’nalishlarini o’zida mujassam etgan O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, Oliy harbiy ta’lim bilim yurtlari, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi, harbiy kafedralar va Temurbeklar maktablarida O’zbekiston tarixi, harbiy tarix, etika, nutq madaniyati, harbiy pedagogika, harbiy psixologiya, harbiy huquq va boshqa fanlar harbiy xizmatchilarni teran fikrliligi, muomala ma’daniyati, notiqlik sir-asrorlarini egallashi, jamoatchilik oldida nutq so’zlay olishlari, harbiy ta’lim sohasini chuqur o’zlashtirish, nostandart vaziyatlarda to’g’ri qaror qabul qila olish uchun ta’lim-tarbiya jarayoni joriy etilgan bo’lib, harbiy xizmatchilarni ta’lim olishida va ularni egallashda har tamonlama jixozlangan yorug’ va shinam mashg’ulotlar o’tkazish xonalari, zamonaviy elektron va badiiy kutubxonalar, axborot berish vositalari bilan ta’minlanib, qulay shart-sharoitlar yaratilganlagi harbiy xizmatchilarni ma’naviy salohiyatini, dunyo qarashini ta’limning inavatsion imkoniyatlaridan keng foydalangan holda harbiy ko’nikmalarini, ma’naviy–axloqiy fazilatlarini oshirsh va yutiqlarga erishishida qulayliklar yaratmoqda.

Shular qatorida komandir (boshliq)lar tomonidan harbiy xizmatchilar, tinglovchi va kursantlarning ma’naviy yuksalishini uzliksiz ravishda tashkil etishda joylardagi zioratgoh maskanlari, tarixiy va sa’nat muzaylari, teatr, kutubxonalarga tashrif buyurishi va hokimyat, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, O’zbekiston qahramonlari, mehnat fahriylari, taniqli sa’nat va sport ustalari bilan hamkorlikni tubdan yo’lga qo’yilganligini alohida taqidlab o’tish kerak.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, respublikamizda yuz berayotgan tub o’zgarishlar milliy armiyamiz ruhiyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tardi, ona yurt madhi, ajdodlar merosidan g’ururlanish, manaviyat durdonalaridan faxirlanish hislari vujudga keladi. Vatan va vatanparvarlik tushunchalari o’zining haqiqiy, chinakam ma’nosini kasb etadi. Bizning ajdodlarimiz Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab va boshqa alloma va sarkardalarimiz dunyo sivilizatsiyasiga munosib hissa qo’shgan allomalardir.

Ularning qoldirgan bebaho meroslari avlodlar hayoti va ma’naviyatini shakllantirishga hamisha asosiy qo’llanma bo’lib qoladi. Harbiy xizmatchi faoliyatida ham ulardan o’rganish va zamonga moslashtirib, asosiy ma’no mazmunidan foydalanish foydadan holi bo’lmaydi. O’zbek harbiy xizmatchisi shaxsining asosiy hususiyatlari o’z halqiga sodiqligi, Vatanga muxabbat va uning oldidagi burchini chuqur his etishi, qo’lda qurol bilan Vatan va halqni himoyasiga hamisha shay turishi, ma’naviy–axloqiy barkamollik, yuksak bilim va harbiy ko’nikma malakasining shakllantirib borishdan iboratdir.

Podpolkovnik Anvarjon Ibragimov, O’R QK kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi Gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli katta o’qituvchisi

Izoh qoldiring