Ba’zi fuqarolar «xavf bizdan ancha yiroqda” deb o’ylashmoqda – Samarqanddagi targ’ibot guruhi hulosasi (foto)

26 mart kuni Samarqand garnizonidagi harbiy xizmatchilar ko’chalarda va tuman markazlarida bo’lib, tibbiy niqobsiz yurgan fuqarolar bilan suhbat o’tkazdi.

“Ba’zi fuqarolar uning yaqini yoki ko’z o’ngida biror inson xavfli infektsiya bilan kasallanmaguncha xavf mendan juda uzoqda, deb o’ylamoqda”, – deydi targ’ibot guruhi a’zosi. – “Ularga biz tarqatma materiallar hamda rasmiy tarmoqlardagi xabarlar bilan tanishtirdik. Ularga tibbiy niqob berdik. O’z hayoti va o’zgalar sog’lig’ini xatarga qo’ymaslikka chaqirdik”.

Shu kuni Markaaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari tomonidan 100 ga yaqin tibbiy niqobsiz yurgan fuqarolar bilan suhbat olib borildi.

Kapitan G’ayrat Madrahimov, Otabek Norboyev.

Izoh qoldiring