Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari aholiga tibbiy niqob va tashviqot materiallarini tarqatmoqda (foto)

Bugun, 26 mart kuni Markaziy harbiy okrugiga qarashli Jizzax garnizonida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar aholi bilan sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish hamda xavfli infektsiyani oldini olish maqsadida targ’ibot tadbirida ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida 2000 ga yaqin aholiga tibbiy niqoblar tarqatildi. Shu bilan birga, ko’rinishi qulay bo’lgan joylarga, bekat hamda ko’cha va binolarga Koranavirus pandemiyasini tarqab ketishini oldini olishga qaratilgan targ’ibot bannerlari va materiallar o’rnatildi. Okrug harbiy xizmatchilar chellenj bilan aksiyani boshlab bergandi.

Kapitan G’ayrat Madrahimov, Otabek Norboyev.

Izoh qoldiring