Samarqandlik urush faxriysi xolidan xabar olindi (foto)

Kecha, 24 mart kuni Samarqand garnizoni harbiy xizmatchilari urush faxriysi xolidan xabar olishdi.

Marhabo mahallasida istiqomat qilayotgan 1923 yida tug’ilgan Yevgenin Soldatov Ikkinchi jahon urushida ko’p jasoratlar ko’rsatgan. Harbiylar faxriy bilan suhbatda urush qatnashchisi qahramonligini birma-bir esga olishdi.

– Urush qatnashchilari birinchi navbatda salomat bo’lishsin. Ular tirik tariximizdir. Yevgenin Soldatovning insoniyat tinchligiga hissasi ulkan. Bu kabi insonlar oramizda ko’pchilikni tashkil etadi. Ularni hamisha hurmat qilsak, o’zimiz ham hurmat topamiz. Keksalarni e’zozlagan yurt hech qachon birovga qaram bo’lmaydi, – deydi podpolkovnik Farxod Xudoyberganov.

Tadbir davomida urush faxriysiga esdalik sovg’asi topshirildi.

podpolkovnik Shavkat Abdurahimov

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring