Harbiy xizmatchilar fuqarolar sog’lig’idan tashvishlanyapti (foto)

Markaziy harbiy okrug qo’shinlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar tibbiy niqob taqish aktsiyasida ko’ngilli ravishda ishirok etmoqda.

Birinchi bo’lib, Kattaqo’rg’on garnizonida Safarbarlik chaqiruvi rezervi bataloni ofitser va serjantlari boshlab bergan ushbu ezgu va savobli ish, kecha, Samarqand hamda Jizzax garnizonidagi harbiylar tomonidan davom ettirildi.
Bozorda, ko’cha-kuyda yoki shahar markazida fuqarolar tibbiy niqobsiz yurishlari harbiylarni tashvishga solmoqda.

Samarqand garnizoni komendaturasi rahbariyati esa fuqarolarni karantindan ogohlantirish va ularni xavfsizligini ta’minlash harakatida. 

Eng birinchi navbatda xalqimizni sog’lig’i turibdi. Buni to’g’ri anglab yetgan harbiy xizmatchilar fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib bormoqda.

Kapitan G’ayrat Madrahimov, Otabek Norboyev.

Foto: Samarqand garnizoni
Foto: Samarqand garnizoni
Foto: Jizzax garnizoni
Foto: Jizzax garnizoni
Foto: Samarqand harbiy komendaturasi
Foto: Samarqand harbiy komendaturasi

Izoh qoldiring