Kattaqo’rg’ondagi sport bellashuvida «Sheryurak» jamoasi mutlaq g’alaba qozondi (foto)

Markaziy harbiy okrug hududida joylashgan Kattaqo’rg’on garnizonida Navro’z bayrami munosabati bilan sport musobaqasi bo’lib o’tdi. Unda 3 ta harbiy jamoa bellashdi.

Harbiy qism kubogi uchun kechgan bahslarda jamoalar sportning tosh ko’tarish, milliy kurash, mini futbol hamda harbiylashgan estafeta turlari bo’yicha kuch sinashdi.
– Barcha sport turlari bo’yicha tengsiz deb topildik. Jangovar va sport mashqlari ushbu musobaqada katta o’rin tutdi. G’alabaga intilgan harbiy jamoalar munosib taqdirlandi. Garnizon rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman, – deydi «Sheryurak» jamoasi sardori kapitan Jahongir Abdullayev.

Natijalar quyidagicha bo’ldi. «Valeybol» bo’yicha Temuriylar jamoasi birinchi o’rinni egallagan bo’lsa, futbol hamda milliy kurashda esa «Sheryurak» jamoasi peshqadamlik qildi. Jamoalar qisqa farq bilan sovrindor bo’ldi.

Garnizon boshlig’i podpolkovnik Firdavs Umarov g’oliblarga faxriy yorliq va medallar topshirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring