Markaziy harbiy okrug: Navro’z davom etadi – “Kattaqo’rg’on poligonidagi harbiy qismda osh musobaqasi o’tkazildi (foto)

Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Kattaqo’rg’on” poligonidagi harbiy qismda harbiy xizmatchilar tomonidan Navro’z bayrami nishonlandi.
Shu kuni askarlar dasturxoniga sumalak, ko’k somsa hamda xalim qo’yildi. Sportning 5 ta turi bo’yicha musobaqa o’tkazildi.
– Navro’z bayramiga mamlakatimizda har yili o’ziga xos tarzda tayyorgarlik ko’riladi, – deydi mayor Akbar Rasulov. – Sayllar, sport tadbirlari o’tkaziladi. Bu yil esa xavfli epidemiya sababli, bayram biroz ortga surildi. Bu vaqtincha, albatta. Keyingi yiliga ikki hissa oshirib bayram qilamiz. Harbiy qismda kamtarona ushbu sanaga bag’ishlab, sport musobaqasi hamda osh tanlovini o’tkazdik. Askarlarni kayfiyati chog’ bo’ldi.
Tanlov g’oliblari ko’chma kubok hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Kapitan G’ayrat Madrahimov, Otabek Norboyev

 

Izoh qoldiring