“Forish” tog’ poligonida Navro’z bayrami o’zgacha nishonlandi (foto)

Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Forish” tog’ poligonida Navro’z bayrami o’zgacha kutib olindi.
Tadbirda harbiy qism rahbariyati, harbiy xizmatchilar, “Armi-2020” Xalqaro musobaqani “Harbiy tibbiy estafeta” yo’nalishi bo’yicha tayyorgarlik ko’rayotgan sportchi ayol-qizlar ishtirok etdi.

Dastlab, sport musobaqasi o’tkazildi. Shundan so’ng, yaxshi niyat bilan dasturxon yozildi. Kuy-qo’shiq va o’yin kulgi barchaga bayramona kayfiyat bag’ishladi.

Musobaqa g’oliblari ham bir guruh harbiy xizmatchilar munosib tarzda rag’batlantirildi.

Kapitan G’ayrat Madrahimov.

Izoh qoldiring