Markaziy harbiy okrugdagi Kattaqo’rg’on garnizonida Navro’z bayrami sport musobaqasiga ulanib ketdi (foto)

Kecha, 21 mart kuni Markaziy harbiy okrugdagi Kattaqo’rgon garnizonida Navro’z bayramida sport musobaqasi ham tashkil etildi.
Bir kun oldin ezgu niyatlar bilan solingan doshqozondagi sumalak harbiy qismdagi kamtarona yozilgan Navro’z dasturxoniga qo’yildi. Qolgani harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga tarqatildi.
– Sanaga bag’ishlab, sport tadbirlari o’tkazilyapti. Harbiylarni jismoniy tayyorgarligini va bu orqali immunitetini oshirishga harakat qilyapmiz. Navro’z bayrami yosharish va yangilanish fasli, deb bejizga aytishmaydi. Barchani bayram bilan tabriklayman, – deydi podpolkovnik Donyor Jamolov.
Shundan so’ng, sport o’yinlariga start berildi. Harbiy qism sport maydonida polvon harbiylar bir-biri bilan kuch sinashdi. Har bir bo’linma o’z jamoa a’zosini qo’lladi. Volebol, minifutbol musobaqalari barchaga ko’tarinkilik bag’ishladi.
Kamtarona dasturxon atrofida she’r, qo’shiq hamda dostonlar kuylandi.

Kapitan G’ayrat Madrahimov.

Izoh qoldiring