Fotoreportaj: Markaziy harbiy okrugda Vatanga Qasamyod tantanasi qanday o’tdi

Bugun, 21 mart kuni Markaziy harbiy okrugi tasarrufidagi Safarbarlik chaqiruvi rezervi batalonlarida xizmat qilayotgan oddiy askarlar uchun Vatanga qasamyod tantanasi bo’lib o’tdi.

Tadbirda okrug qo’mondonligi, harbiy qism rahbariyati hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

So’zga chiqqanlar okrug qo’mondonligi mas’ul ofitseri Farrux Qo’ziyev, podpolkovnik Sunatillo Bobobekov, Sanjar Jovliyev tomonidan Navro’zi olam bilan barchani qutlab, Vatanga Qasamyod har bir er-yigit hayotida unutilmas hamda takrorlanmas yigit so’zi ekanligi, Prezidentga va o’zbek xalqiga sadoqat bilan xizmat qilish va ahdga sodiq qolish kerakligi ta’kilandi.

– Sohibqiron davrida ham qo’shin tarkibiga sinovlardan o’tib saralangan jangchilar tomonidan qasamyod qilingan. Bu marosim harbiy va qadimgi an’analardan biri. Men ham bir oy davomida harbiy, sport hamda ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikka doir bilimlarni o’zlashtirdim. Bugun buyuk ajdodlarim ruhi oldida, bir tomchi qonim qolguncha ona Vatanimni sadoqatli o’g’li bo’lib qolishga Qasamyod qildik. Bundan juda xursandman, – deydi oddiy askar Shohrux Qalandarov.

Tadbir davomida askarlar tomonidan tantanali ravishda qasamyod qabul qilindi. Faxriy qoravul Davlat bayrog’i va mudofaa vazirligi ramzini olib o’tdi

Askarlar tomonidan komandirlarga minnatdorchilik bildirildi.

Kapitan G’ayrat Madrahimov, Otabek Norboyev.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring