Qo’mondon: Ayni damlarda fuqarolarni armiyaga kuzatish sinovli va esda qolarli bo’lmoqda

Bugun, 20 mart kuni Markaziy harbiy okrugida joylashgan Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida 150 nafar samarqandlik chaqiriluvchilar Qoraqalpog’iston Respublikasiga muddatli harbiy xizmatga kuzatildi.
Tadbirda okrug qo’mondonligi, Samarqand viloyati mudofaa ishlar boshqarmasi hamda tuman hokimligi vakillari ishtirok etdi.

– Ayni damlarda fuqarolarni armiyaga kuzatish sinovli va esda qolarli bo’lmoqda, – dedi okrug qo’shinlari qo’mondoni polkovnik Aybek Saidov. – Maxsus komissiya qaroriga asosan, mamlakatimizda xavfli infektsiyani tarqab ketishini oldini olish maqsadida ommaviy bayram tadbirlari vaqtincha cheklandi. Shu sababli, armiyaga kuzatilayotgan fuqarolarni ota-onasi va yaqinlari ushbu tantanali marosimda ishtirok eta olmayapti. Bu vaqtincha, albatta. Biroq, tuman va viloyat yig’in puktlarida tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, chaqiriluvchilarni ota-onalari farzandlarini xizmatga kuzatish uchun harbiy qism hamda temiryo’l vakzali oldida ommaviy yig’ilmoqda. Bu esa hozirgi paytda o’z hayoti va o’zgalar sog’lig’ini xavf ostiga qo’yish bilan barobar. Xavotirga o’rin yo’q. Armiyada askarlar uchun uyidagidan ziyoda sharoit yaratilgan. Farzandini sog’lig’i haqida qayg’urganlarga, shuni aytmoqchimanki, okrug qo’shinlarida xavfga qarshi barcha zarur chora-tadbirlar ko’rilmoqda.

Kuzatish tantanasida bo’lajak askarlarga “Armiya – hayot maktabi” risolasi, tarixiy kitoblar hamda esdalik sovg’alari topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring