Kattaqo’rg’ondagi 527-SCHR bataloni harbiy xizmatchilari hayriya aksiyasida ishtirok etishdi (foto)

Markaziy harbiy okrugiga qarashli 527-Safarbarlik chaqiruvi rezervi bataloni harbiy xizmatchilari Samarqand shahridagi mehribonlik va sahovat uylarida bo’lib, bemorlardan ko’ngil so’rash bilan birga hayriya aksiyasida ishtirok etishdi.

– Xavfli infeksiyadan kasallanishni oldini olishda tarafdorimiz, – deydi kapitan Fayzullo Yusupov. – Buning uchun esa shifokorlar tomonidan tegishli tavsiyalar berilmoqda. Biz ham ularni tavsiyasiga amal qildik va boshqalarni ham salomatligini o’yladik. Hech qachon kasal bo’lmaylik.

Bir necha harbiy xizmatchilar ko’ngilli ravishda 2000 ga yaqin keksalarga va bolajonlarga tibbiyot niqoblarini tarqatishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

 

Izoh qoldiring