Markaziy harbiy okrug ixtirochilari vazirlik tizimida tengsiz ekanligi tan olindi (foto)

Markaziy harbiy okrug qo’shinlarida xizmat qilayotgan kichik serjantlar Bobur Omonturdiyev va Sherzod Fayzullayev vazirlik tizimida harbiy ixtirochilik bobida tengsiz ekanliklari tan olindi.

Bu ikki harbiy ixtirochi yaratgan mobil ustaxona bir vaqtni o’zida 11 ta vazifani bekamu ko’st bajaradi.

Ushbu dastgohga okrug ixtirochilar “Birlashtirilgan dala ustaxonasi” deya nom bergan. Ko’p funktsiyali agregat shinalarni ta’mirlash, payvandlash, akkumulyator batareyalarini zaryadlash, texnikani yuvish, o’zgaruvchan tok ishlab chiqarish, bo’yash, chilangarlik, zahira asbob uskunalarini saqlash, shaxsiy tarkibni cho’milishi uchun issiq suv bilan ta’minlash, suv nasosi hamda 1,5 tonna sig’imdagi suvna saqlash bachoklaridan iborat.
Ustaxonasi dala sharoitida bir vaqtni o’zida bir nechta jangovar texnikalarga xizmat ko’rsatish imkoniyatiga ega.

Bobur Omonturdiyev va Sherzod Fayzullayev Markaziy harbiy okrug qo’mondoni polkovnik Aybek Saidov tomonidan muddatidan oldin navbatdagi harbiy unvon bilan taqdirlandi.
Joriy yilni 18 martidagi vazirlik tizimidagi videomuloqotda esa Mudofaa vaziri ularni yutuqlarini e’tirof etib, navbatdagi “serjant” unvonini berdi.

Kapitan G’ayrat Madrahimov, O.Norboyev.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring