Mudofaa vaziri Jizzax garnizonida 64 ta harbiy oilaga yangi uy kalitlarini topshirdi (foto)

O’zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Markaziy harbiy okrugiga qarashli Jizzax garnizonida 64 ta harbiy oilaga yangi uy kalitlarini topshirdi.

Shu munosabat bilan bayramona tarzda o’tgan tadbirda Jizzax viloyati hokimi, okrug qo’mondonligi, harbiylar va ularning yaqinlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda harbiy xizmatchilarga ikkita 4 qavatdan iborat ikki va uch xonali uylarning kalitlari berilgani Navro’z bayramiga ajoyib tuhfa bo’ldi.

Mudofaa vaziri, viloyat hokimi hamda keng jamoatchilik vakillari ofitser va serjantlarni xonadonida mehmon bo’lishdi.

Shu bilan birga, Baxmal tumanida “Vatanparvar” mahallasi tashkil etildi. Yangi mahalladagi 4 qavatli zamonaviy bino Megagrandmantaj MCHJ tomonidan 17 mlrd. so’mga qurilgan.

Bundan tashqari, “Mini Vira Les” MChJ tomonidan 2 qavatdan iborat 200 o’rinli maktabgacha ta’lim muassassi barpo etilayotgani harbiylar va fuqarolarni farzandlari uchun yanada qulaylik yaratadi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring