“Sazagan” poligonida “101 jangchi” o’zbek filmi suratga olinmoqda (foto)

Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Sazagan” dala o’quv maydonida Ikkinchi jahon urushi davridagi o’zbek qahramonlari haqida film suratga olinmoqda.

Markaziy harbiy okrug qo’mondonligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan kino sahnalarida Samarqand garnizonida xizmat faoliyati olib borayotgan harbiy xizmatchilar ham ishtirok etmoqda.

Mahorat bilan tayyorlangan eksponatlar, 1941-45 yillardagi askar ust-boshi, fashist ofitserini yurish-turishidan tortib, gapirishigacha o’sha zamon manzarasini to’liq aks ettirgan.

Film ijodkorlariga hayrli va savobli ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz.

Kapitan G’ayrat Madrahimov

Izoh qoldiring