Kattaqo’rg’on garnizonida harbiy xizmatchilar nafaqaga kuzatildi (foto)

Kecha, 18 mart kuni Markaziy harbiy okrugida joylashgan Kattaqo’rg’on garnizonidagi harbiy qismda bir guruh harbiy xizmatchilar tantanali ravishda o’z uylariga kuzatildi.
Tadbirda so’zga chiqqanlar – garnizon boshlig’i podpolkovnik Firdavs Umarov, harbiy qism komandiri o’rinbosari podpolkovnik Donyor Jamolov Vatan himoyasi va yosh harbiy xizmatchilarni tarbiyalashda armiya saflarida vijdonan xizmat qilgan o’g’lonlarga minnatdorchilik bildirdi.

– Bugungi kunimiz esda qolarli bo’ldi, – deydi katta serjant Muhammadjon Karimov. – Butun shaxsiy tarkib oldida hurmat-extirom bilan nafaqaga chiqaman, deb hech o’ylamagan edim. Garnizon rahbariyatiga, harbiy xizmatchilarga kelgusi ishlarida salomatlik tilab qolaman.

Katta serjant Muhammadjon Karimov o’zi tug’ilib-o’sgan Andijon viloyati Buloqboshi tumaniga yo’l oladi. Uning xizmatiga kalendarь hisobida 23 yil bo’ldi.
Tadbir davomida kuzatilayotgan nafaqadagi harbiylarga esdalik sovg’alari topshirildi.

Kapitan G’ayrat Madrahimov.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring