Samarqand garnizonida “Bir juft ko’chat” aksiyasi o’tkazildi (foto)

Samarqand garnizonidagi 526-Safarbarlik chaqiruvi rezervi batalonida “Bir juft ko’chat” aksiyasi o’tkazildi. Tadbirda ofitser, serjant hamda oddiy askarlar ishtirok etdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

– Ushbu aksiya doirasida 700 ga yaqin mevali hamda manzarali ko’chatlar ekildi. Tabiat va atrof-muhitni yaxshilanishiga oz bo’lsa-da hissa qo’shdik. Inson o’zidan yaxshi nom va bog’ qoldirishi kerak, deydi xalqimiz. Vaqtlar kelib, bu yer bog’ga aylanadi, – deydi podpolkovnik Mirtemir Parmonov.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Shu kuni harbiy xizmatchilar tomonidan darxtlarni oqlash, ariqlarni tozalash bilan birga hududlarga landshaftli va manzarali bezaklar o’rnatildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring