Samarqand garnizonida urush qatnashchilari va front orti mehnat faxriylari bilan davra suhbati tashkil etildi (foto)

Markaziy harbiy okrugiga qarashli 526-Safarbarlik chaqiruvi rezervi bataloni rahbariyati tashabbusi bilan Samarqand shahridagi Nuroniylar jamoatchilik kengashida urush qatnashchilari hamda front orti mehnat faxriylari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda keksa avlod vakillari, yoshlar, O’zbekiston Yoshlar ittifoqining harbiy qismdagi vakili, front orti mehnat faxriylari hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Davra suhbati tarzida o’tgan ma’naviy-ma’rifiy kechada Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda front orti mehnat faxriylari so’zga chiqib, 1941-45 yillardagi iqtisodiy tanglik, izdan chiqqan ijtimoiy hayot, janggohga otlangan millionlab insonlarning ayanchli qismati haqida to’xtalib o’tdi.
– Urush qatnashchilari va front orti mehnat faxriylarini qancha hurmat qilsak shuncha oz, – deydi kapitan Elyor Atabayev. – Bugun urush va yo’qchilikni ko’rgan insonlar ishtirokida kichik tadbir o’tkazdik. Lekin buni ahamiyati katta, deb o’ylayman. Yoshlar tushundiki, tinchlik ne’mati ota-bobolarimiz chekkan mashaqqatlar evaziga qo’lga kiritilgan. Bu kabi tadbirlar qamrovini yanada kengaytirish niyatidamiz.

O’quvchilar, askar va ofitserlar tomonidan bugungi dorilomon kunlarni sababchilari bo’lgan keksa avlod vakillariga minnatdorchilik bildirildi.

Ma’lumot o’rnida, Samarqand garnizonidagi Safarbarlik chaqiruvi rezervi batalьoni yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va boquvchisini yo’qotgan, mehnatga layoqatsiz nuroniylarga moddiy hamda ma’naviy yordam ko’rsatish maqsadida Samarqand shahar bo’lim Nuroniylar jamoatchilik kengashi bilan hamkorlik kelishuvini imzolagan edi.

Kapitan G’ayrat Madrahimov, Otabek Norboyev.

Markaziy harbiy okrug mabuot xizmati
Markaziy harbiy okrug mabuot xizmati
Markaziy harbiy okrug mabuot xizmati
Markaziy harbiy okrug mabuot xizmati
Markaziy harbiy okrug mabuot xizmati
Markaziy harbiy okrug mabuot xizmati
Markaziy harbiy okrug mabuot xizmati

Izoh qoldiring