Uyushmagan yoshlar iqrori: Lagerda uch kun “askarday” yashab, harbiylarga hurmatim, Vatanga muhabbatim ortdi (foto)

Markaziy harbiy okrugdagi “Kattaqo’rg’on” poligonida “Harbiy-vatanparvarlik sport lageri” tashkil etilganida xabaringiz bor. 2 bosqichda 200 nafar navoiylik uyushmagan yoshlar jalb qilindi. Ular bilan suhbatlashdik.

Ahror Mirpo’latov: Bizni “Kattaqo’rg’on” poligonga yo’l patur xizmati mashinasi kuzatuvida yetib keldik. Yo’lda biroz toliqdik. Ammo bizni harbiy orkestr bilan kutib olishgani, barcha charchoqlarni chiqarib yubordi.
A’lo kayfiyat bilan lagerga kirib, joylashdik. Harbiy forma berishdi. U har kimni o’ziga jalb qiladi, lekin forma zalvorli ekan. Bu libosni kiyganlar haqiqiy elparvar, degan fikr o’tdi qalbimdan. Bu insonlarni ko’rib, Vatanga bo’lgan muhabbatim ortdi.
Men kelajakda O’zbekistonga sadoqat bilan xizmat qiladigan o’g’lon bo’laman. Lagerda bu qarorimga nechog’lik tayyor ekanligimni angladim.

Oq qog’ozga tushirdi kapitan G’ayrat Madrahimov.

Izoh qoldiring