Markaziy harbiy okrugda fuqarolar muddatli harbiy xizmatga tantanali kuzatildi (foto)

Bugun, 16 mart kuni Markaziy harbiy okrugiga qarashli Samarqand garnizonida joylashgan Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash maktabida 200 ga yaqin fuqarolar muddatli harbiy xizmatga tantanali tarzda kuzatildi.

Tadbirda okrug qo’mondonligi, Markaz rahbariyati, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar, chaqiriluvchilarni yaqinlari hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

So’zga chiqqanlar yurtimizdagi tinchlik, imizdagi yangilanish va o’zgarishlarga to’xtalib o’tib, milliy armiyamiz er-yigitlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda chinakam hayot maktabi ekanligini ta’kidlashdi.

Toshkent shahri va Chirchiq viloyatidagi Milliy gvardiya hamda chegara qo’shinlarida xizmat qilishga otlangan Vatan posbonlariga “Armiya – hayot maktabi” risolasi hamda esdalik sovg’alar berildi.

Kapitan G’ayrat Madrahimov Otabek Norboyev.

 

Izoh qoldiring