O’zbekiston harbiylari “Armi-2020” Xalqaro armiya o’yinlarida 18 ta yo’nalish bo’yicha ishtirok etadi (foto)

O’zbekiston armiyasi tarkibidan tuzilgan harbiylar terma jamoasi “Armi-2020” Xalqaro armiya o’yinlarida bu safar 18 ta yo’nalish bo’yicha ishtirok etadi.

Markaziy harbiy okrugi qo’shinlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar maxsus, otish, jismoniy, tog’, chavandozlik hamda jangovar tayyorgarlik mashqlarida yuqori natija ko’rsatib, vazirlik terma jamoasini asosiy tarkibidan joy olmoqda.

2019 yilning 3-16 avgust kunlari bo’lib o’tgan V Xalqaro armiya o’yinlarida 14 ta harbiy jamoa qatnashib, ulardan 11 tasi sovrindor bo’lgandi. Ayrim musobaqalarda mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari rekord o’rnatib, umumiy hisobda 5 pog’onaga ko’tarilgan edi.

Bu yildan esa birinchi marta 4 ta yo’nalishda ya’ni “Tinchlik jangchisi”, “Xavfsiz muhit”, “Ishonchli qabul” hamda “Otliq marafon” kabi yangi xalqaro musobaqalarda g’oliblik uchun kuch sinashadi.

Hozirda O’zbekistondagi xalqaro standartlarga javob beradigan “Kattaqo’rg’on”, “Forish”, “Sazagan”, “Nukus”, “Farg’ona”, “Chirchiq” hamda “Termiz” kabi poligonlarda Xalqaro maydonda Qurolli Kuchlar nufuzini oshirish, o’quv va maxsus vazifalarni tezkor bajarishga qodir 18 ta jamoani bosqichma-bosqich, maqsadli tayyorlash bo’yicha tayyorgarlik boshlangan.

Kapitan G’ayrat Madrahimov

Izoh qoldiring