Markaziy harbiy okrugda “Dala oshxonasi” Xalqaro musobaqasiga tayyorgarlik ko’riladi (foto)

20 mart kunidan Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Sazagan” dala o’quv maydonida hamda Samarqand garnizonida joylashgan Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida “Dala oshxonasi” Xalqaro musobaqasi qatnashchilar saralashdan o’tadi.

Foto: «Armi-2019» Xalqaro musobaqasidan

Mudofaa vazirligi terma jamoasi tarkibini malakali mutaxassislar bilan butlash, ularni nazariy va amaliy ko’nikmalarini oshirish maqsadida boshqa kuch tuzilmalardan mutaxassislar jalb qilinadi.
Ko’rik-tanlov shartlariga ko’ra, ishtirokchilar 60 kun davomida AK-74 rusumli avtomat qurolidan amaliy otish mashqlarini “Sazagan” poligonidan bajaradi.
Saralashdan o’tganlar 2020 yilning iyul oyiga qadar tayyorgarlik ko’rishadi.

kapitan G’ayrat Madrahimov

Izoh qoldiring