Eslatma: Chaqiruv mavsumidan bir necha kun oldin

Markaziy harbiy okrug qo’shinlariga muddatli harbiy xizmatga fuqarolarni chaqirish (bir yillik xizmat) tuman mudofaa ishlari bo’limi tomonidan 2020 yil 20 martdan 10 aprel kuniga qadar amalga oshiriladi.

Bo’lajak askarlarga “Armiya – hayot maktabi” risolasi, Qasamyod paytida esa “Temur tuzuklari” hamda “O’zbekiston tarixi” kitoblari beriladi.

Bu yildan birinchi marta xizmatga ketayotgan chaqiriluvchilar o’z yaqinlari hamda hurmat-etiborga ega keksa avlod vakillari oldida Vatan oldidagi burchini sadoqatli bajarishga “Yigitlik so’zi”ni berish tadbiri o’tkazilmoqda.

Kapitan G’.Madrahimov

Izoh qoldiring