Urush qatnashchisi bilan suhbat: Urushda g’olib ham, mag’lub ham yutqazadi

Kattaqo’rg’on tumanida joylashgan urush qatnashchisi xonadonida bir guruh harbiylar bo’ldi. Kattaqo’rg’on garnizoni boshlig’i podpolkovnik F.Umarov, Samarqand harbiy prokuraturasi xodimi, harbiylar, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar Rauf bobodan ko’ngil so’raydi.
G’alaba hayqirig’ini jangohda qarshi olganman, zobitlar orasida. Fashizim ustidan qozonilgan g’alaba ikkinchi jahon urushiga yakun yasadi. Urushdan dahshatli ofat yo’q. Shu sabali, buyuklar “urushda g’alaba qozongan ham, yutqazgan ham” aslida mag’lubdir, deyishadi. Rauf boboni hikoyasi shunday:

Rauf qalbi to’la quvonch bilan poyezd o’rindiqida olis qishlog’ini esladi. Butun poyezdagi yarador-u bemajol – barchasini ko’nglidi o’zgacha zavq bor edi.

Poyezdning to’satdan bir silkinishi Raufni xayollarini o’zidan olislarga olib ketdi. Atrofga bir mudrab nazar solar ekan, jonajon qo’rg’oniga yetib kelganini faxmladi. Yurt ko’rki, vatan sog’inchi Rauf boboni mo’jazgina xovlisi tomon yetaklab bordi.
Hamqishloqlarini hayqirig’idan qulog’i bitib qoldi. Yaylovlarga yastangan mo’jazgina xovlining ayvonida yuzidan nur taralayotgan onasini ko’rdi-yu ko’ziga yosh oldi. Onasi tamon ildamlar ekan masofa olislab ketganday tuyuldi.

Rauf bobo ko’p voqealarni so’zlab berdi. Harbiy xizmatchilar unga esdalik sovg’alari ulashdi. Urush faxriysi duoga qo’l ochib, Yaratgandan yurtga tinchlik so’radi va Vatan himoyachilariga minnatdorchilik bildirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring