Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari tashabbusi bilan Pastdarg’om tumani markazida vatanparvarlik festivalini o’tkazildi (foto)

Aholi va uyushmagan yoshlar hamda maktab o’quvchilarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni qalbida ona Vatanga muhabbat tuyg’ularini yanada shakllantirish maqsadida Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari tomonidan Samarqand viloyatidagi Pastdarg’om tumani markazida vatanparvarlik festivali o’tkazildi.

Dastlab, keng jamoatchilik vakillariga harbiylarning qo’l jangi elementlari namoyish etildi. Shundan so’ng, pastdarg’omlik yoshlar o’rtasida «Men ham Vatan himoyachisi bo’laman» shiori ostida sport musobaqasi bo’lib o’tdi.

Unda 300 nafarga yaqin yoshlar sportning arqon tortish, armresting, turnikka tortilish kabi turlari bo’yicha faol ishtirok etdi. Shu bilan birga yaradorga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, qurollarni noto’liq qismlarga ajratish bo’yicha ham umumiy hisobda 14-umumta’lim maktabi o’quvchilari birinchilikni qo’lga kiritdi.

G’oliblar okrug qo’mondonligi tomonidan munosib taqdirlandi.

Kapitan G’ayrat Madrahimov, Otabek Norboyev.

Izoh qoldiring