Markaziy harbiy okrug qo’mondonligi fuqarolarni armiya saflariga kuzatish va kutib olishda tashabbuskor bo’lmoqda (foto)

Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi mudofaa ishlar boshqarmasi fuqarolarni armiya saflariga jo’natish hamda kutib olishda faollik ko’rsatib kelmoqda.

Jumladan, 13 mart kuni Navoiy va Jizzax garnizonlarida mudofaa ishlari boshqarmasi, viloyat hokimligi hamda keng jamoatchilik vakillari chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga tantanali kuzatish va kutib olish marosimida ishtirok etdi.

So’zga chiqqanlar bugungi kundagi milliy armiyamiz saflarida xizmat o’tashga saralash yangicha tizim asosida yo’lga qo’yilgani hamda harbiy ximzatdagi sharoitlar to’g’risida to’xtalib o’tdi. Xizmatga ketayotgan o’g’lonlarga ezgu tilaklar bildirildi.

Shuningdek, ularga esdalik sovg’alari, «Armiya-hayet maktabi » nomli qo’llanma berildi.

Markaziy harbiy okrug hamda Ichki ishlar vazirligi boshqarmasi bilan hamkorlikda qurol-aslaha va harbiy texnikalar ko’rgazmasi tashkil etildi.

Kapitan G’ayrat Madrahimov, Otabek Norboyev

Foto: Kuzatish tantanasi
Foto: Kutib olish tantanasi

Izoh qoldiring