Harbiylar tashabbusi bilan Tim qishlog’idagi urush qatnashchisini uyi ta’mirlab berdi (foto)

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Samarqand garnizonidagi 524-Safarbarlik chaqiruvi rezervi bataloni kapitan Vohid Hamidov boshchiligida urush qatnashchisi uyi ta’mirlab berildi.

Nurobod tumanidagi Tim qishlog’ida 98 yoshga kirga urush qatnashchisi Bayquvat bobo Sadinov istiqomat qiladi. U urushga otlangan paytda o’smir yigit edi. Hali qo’liga qurol olmagan, chekka bir qishloqda erta-yu kech adirda qo’y boqardi. Bir kunda urush iskanjasi ming-minglab o’zbek o’g’lonlarini o’z iskanjasiga oldi. Bir necha yil Bayquvat maronavor jang qildi. Og’ir toliqqan va qayg’uga botgan damlarda chekka qishlog’ini esga oldi. Yana yuragiga olov to’ldi.

Ofitser va askarlarga qariyb bir asr yashagan inson sifatida tinchlikni hamisha qadriga yetish va uni asrash kerakligini qayta qayta takrorladi.

Harbiylar urush faxriysi xonadonini yangidan ta’mirlab berdi. Nuroniyni soq-soqoli kaltalandi.otaxon tinchlik posbonlarini uzoqdan uzoq duo qildi. Xonadon egalari ularga minnatdorchilik bildirdi.

Kapitan G’ayrat Madrahimov, Otabek Norboyev.

 

Izoh qoldiring