Kattaqo’rg’on garnizonidagi 527-Safarbarlik chaqiruvi rezervi bataloni ofitser va askarlari urush qatnashchisi xonadonida mehmon bo’lishdi (foto)

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Kattaqo’rg’on shahridagi 527-Safarbarlik chaqiruvi rezervi bataloni ofitser va askarlari urush qatnashchisi To’xli bobo Odilov xonadonida mehmon bo’lishdi.

Urush qatnashchisi mehmonlarni ikki nafari urush davridagi askarlar kiyimida ekanligiga e’tibor qaratdi. Jangohlardagi manzara ko’z oldida gavdalandi. Millionlarni baxtsiz, bevatan qilgan Ikkinchi jahon urushi, oddiy askar To’xli Odilovni jasorati haqida tinchligimiz posbonlari ko’plab yangi faktlarni bilib oldi.

Paxtachi tumanidagi Dung mahalasida keksalik gashtini surayotgan urush faxriysiga to’n va do’ppi sovg’a qilindi. Ro’zg’or uchun kerakli oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Tashrif so’nggida To’xli bobo xonadonida askarlar xashar o’tkazishdi.

Otabek Norboyev, Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring