Birinchi marta Markaziy harbiy okrugda qo’mondonlik mobil punkti harakati to’satdan tekshirildi (foto)

Joriy yilning 11-12 mart kunlari O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Bosh shtabi qo’shinlarni jangovar va kundalik faoliyatini boshqarish markazi rahbariyati tomonidan birinchi marta Markaziy harbiy okrug qo’mondonligi to’satdan tekshirildi.

Tezkor navbatchi tomonidan berilgan “yig’in” signaliga muvofiq, shaxsiy tarkib qurol-aslaha va ekipirovkasini olib, qisqa fursatda jangovar shay holatga o’tdi. Jangovar texnikalar parkidan harbiy texnikalar kallonasi “Sazagan” dala o’quv maydoniga yo’l oldi.
Bo’linmalar bilan tezkor aloqani ta’minlash maqsadida mobil qo’mondonlik punktlari qulay pozitsiyalarni egallab, belgilangan muddatda yoyildi. Shartli dushman va vaziyat haqida dastlabki ma’lumotlar yuqori rahbariyatga ma’lum qilindi.

– So’nggi ikki yil ichida mudofaa vazirligi qo’shinlarida mobil qo’mondonlik punktlari zamonaviy informatsion aloqa va texnik vositalar bilan butlandi. Bu esa harakatda va joyda ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish, har qanday sharoitda qo’mondonlik bilan videomuloqatni tashkil etish, asosiysi bo’linmalarni boshqarish kabi keng imkoniyatlar sari yo’l ochdi, – deydi polkovnik Diyorbek Tojiboyev. – Bundan bir necha yillar oldin mobil qo’mondonlik punktlari bo’lsa-da, texnik vositalar eski, aloqa sifati yaxshi bo’lmagan. Ko’proq statsionar (bir joydagi) punktdan foydalanilgan. Hozirgi kunda esa mobil punktlar eng so’nggi markadagi texnik vositalar bilan ta’minlangan.

Dala o’quv maydonida texnikalar niqoblandi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar tashabbusi bilan barpo etigan ko’p funktsiyali mobil ustaxona hamda zenit quroliga o’rnatilgan zirhli qalqon qo’shinlar hayotiga tatbiq etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring