Qo’mondon o’rinbosari urush qatnashchisi nafaqadagi mayor Mixayl Kolmogorov xolidan xabar oldi (foto)

Kecha, 11 mart kuni Markaziy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni o’rinbosari polkovnik Qahramon Achilov ikki marta urush ko’rgan, nafaqadagi mayor xolidan xabar oldi.
Urush faxriysi Mixayl Kolmogorov qo’mondon o’rinbosari, yoshlar hamda harbiylar ko’z o’ngida urush davri manzarasini gavdalantirdi. Yoshlardan biri nafaqadagi mayorga “Nechta nemis askarini yer tishlatgansiz?”, degan savoliga “Sanamaganman, bu muhim ham emas, asosiysi g’alaba qozonilgani, urushni nomi o’chsin!”, deya javob berdi.

Suhbat asnosida Ikkinchi jahon urush paytida fron ortidagi mehnatkash xalqning chekkan zahmatlari, Vetnam urushi hamda yurtimizda olib borilayotgan keng ko’lamdagi islohotlar haqida to’xtalib o’tildi.

– Meni bir odatim bor. Uyga kelgan harbiylardan biror nima yozib berishlarini so’rayman, – deydi nafaqadagi mayor. – Shu kunga qadar 20 ga yaqin Qurolli Kuchlar Kuch tuzilmalari rahbarlarini “dastxati” yig’ilgan, menda. Bugun qo’mondon o’rinbosari bilan yerga nihol qadadik. O’tgan pallalarni esga oldik. Insonni taftini inson oladi, axir. Harbiylarni tashrifida juda xursand bo’ldim.

Mixayl Kolmogorov hozirgi kunga qadar yoshlar harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o’z hissasini qo’shib kelmoqda. U o’z mehnatkash va fidoyiligi uchun I darajadagi “Mehnat faxriysi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

Qo’mondon o’rinbosari polkovnik Qahramon Achilov urush faxriysiga ezgu tilaklarini bildirib, dastxat qoldirdi.

Kapitan G’ayrat Madrahimov, Otabek Norboyev.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring