«Harbiy-vatanparvarlik sport lageri»ni ikkinchi bosqichi 200 nafar uyushmagan yoshlarni qamrab oldi (foto)

Bugun, 11 mart kuni Markaziy harbiy okrugiga qarashli «Kattaqo’rg’on» poligonida «Harbiy-vatanparvarlik sport lageri»ni ikkinchi bosqichini tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar okrug qo’mondonligi hamda Navoiy viloyati harbiy-ma’muriy sektori bilan hamkorlikda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va kasbga yo’naltirish bo’yicha salmoqli ishlar olib borilayotgani haqida ta’kidlandi.

“Yosh harbiy vatanparvarlar” shiori ostida muqim ish joyiga ega bo’lmagan navoiylik yoshlar bilan 7 kun davomida harbiy, sport hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari amalga oshiriladi.

Birinchi kuni yoshlarga harbiy liboslar tarqatilib, askarlar yotoqxonasiga joylashtirildi. Tushlikdan so’ng, qurol-aslaha ko’rgazmasi tashkil etildi.

Kapitan G’ayrat Madrahimov

 

Izoh qoldiring