Jizzaxlik urush qatnashchisini uy ta’mirlandi va unga nogironlik aravachasi sovg’a qilindi (foto)

Markaziy harbiy okrug qo’mondonligi Jizzax viloyati Arnasoy tumanida istiqomat qilayotgan urush faxriysi Hamraqul bobo Rizayev xonadoniga tashrif buyurdi.
Harbiy orkestr tomonidan Yangibo’ston mahallasi boshidan urush davridagi va jangovar kuy-qo’shiqlar yangradi. Keksa-yu yosh to’planib, qishloq faxri bo’lgan Hamraqul bobo uyiga yo’l olishdi.

Harbiylar tashabbusi bilan qozon tagiga olov yoqilib, ko’ngilli xasharchilarga osh damlandi. Uy ta’mirlandi. Daraxtlar oqlanib, yerlar chopildi. Yaxshi niyat bilan ko’chatlar ekildi.
Qishloq ahli tomonidan Jizzax garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestri jamoasi ijrosidagi kuy-qo’shiqlar iliqlik bilan kutib olindi. Davra uyin-kulgi bilan to’ldi.

– Keksalar xolidan xabar olish eng savobli hamda ibratli amallardan biri, – deydi okrug qo’mondoni o’rinbosari polkovnik Ulug’bek Do’stmatov. – Bu ezgu ishlar yosh-avlodni tarbiyalashda muhim o’rin tutadi. Bundan tashqari, urush qatnashchilari bilan suhbatlashib, tinchlik osmondan tushmagan ekan, degan fikrga kelishdi, yoshlar. Bu kabi tadbirlarni o’tkazilishi kelgusida ijobiy samara berishiga ishonaman.

Shu kuni barchani ko’ngli tog’day ko’tarildi. Jizzax rahbariyati tomonidan urush qatnashchisiga nigoronlik aravachasi va hassa sovg’a qilindi.

Kapitan G’ayrat Madrahimov, Otabek Norboyev.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring