Samarqanddagi 526-Safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiylarni oilalari o’zgacha tarzda qutlandi (foto)

Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi 526-Safarbarlik chaqiruvi rezervi batalonida harbiy xizmatchilarning oila a’zolari o’zgacha tarzda bayram bilan qutlandi.
Harbiylarning turmush o’rtoqlari birinchi marotaba harbiy qismga tashrif buyurib, bu yerdagi sharoitlar bilan tanishdi. Ayollar harbiy xizmatchining kunlik yumushlari nimalardan iborat ekanligini o’z ko’zlari bilan ko’rishdi.
Shundan so’ng, batalon komandiri podpolkovnik Sanjar Jovliyev ayollarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, ularni bayram bilan qutladi.
Har bir harbiyning turmush o’rtog’i uchun gullar hamda tabriknoma topshirildi. Tabriknomadagi so’zlar quyidagicha edi: “Hurmatli Madrahimova Navro’za No’monovna! Sizni batalon qo’mondonligi bahorning ilk bayrami 8 mart bilan chin yurakdan tabriklaydi. Siz va oilangizga uzoq va mazmunli umr, oilaviy baxt tilaydi. Sharafli kasb egasini turmush o’rtog’i bo’lish hammaga ham nasib etavermaydi. Yana bir bor bayram qutluq bo’lsin!”

Kapitan G’ayrat Madrahimov

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring