«Sazagan» poligonida yosh harbiy xizmatchilar ahloqiy-ruhiy sinovdan o’tishdi (foto)

Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Sazagan” dala o’quv maydonida yosh harbiy xizmatchilar bilan ahloqiy-ruhiy tayyorgarlik mashg’ulotlari tashkil etildi.
Amaliy mashg’ulotlardan oldin ahloqiy-ruhiy tayyorgarlik bosqichlari, psixologik hurujlarni zamonaviy ko’rinishlari, jang vaqtida yaralangan harbiy xizmatchining dastlabki harakatlari nazariy jihatdan tushuntirib o’tildi.

Shundan so’ng, yosh harbiy xizmatchilar jangovar tarkibda to’siqlardan o’tdi. Shartli otishmada yarador bo’lgan harbiy xizmatchiga birinchi yordam ko’rsatildi. Birinchi marta sinov “qoniqarli” bahoga bajarildi.

– Bo’linmalar tarkibida jangovar tayyorgarlik mashg’ulotlarga jalb qilingan shaxsiy tarkib bilan parallel ravishda ahloqiy-ruhiy tayyorgarligi mashqlari bo’lib o’tadi, – deydi mayor O’tkir Norqulov. – Asosiy e’tibor yosh harbiy xizmatchilarning ruhiy tayyorgarligini oshirishga intilyapmiz. Ushbu mashg’ulotni musobaqa tarzida o’tkazilishi darsni yaxshi o’zlashtirishga xizmat qilmoqda.
Harbiy xizmatchilar bilan jangovar harakatlarga yaqinlashtirilgan sharoitda mashq olib borildi. G’olib jamoalar nomi harbiy qism shaxsiy tarkibi oldida e’tirof etildi.

Kapitan G’ayrat Madrahimov, Otabek Norboyev.

Izoh qoldiring