Urush qatnashchisi harbiy qism mehmoni bo’ldi (foto)

Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi tankchilar bo’linmasi harbiy xizmatchilari tashabbusi bilan harbiy qismda urush faxriysi hamda keksa avlod vakillari, yoshlar mehmon bo’lishdi.
Tadbirda okrug qo’mondoni o’rinbosari polkovnik Dilshod Nosirov, Mudofaa vazirligi qurollanish bosh boshqarmasi, boshqarma boshlig’i polkovnik Jumadillo Attashev hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Dastlab, urush qatnashchisi okrug harbiy xizmatchilariga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shundan so’ng, kichik auditoriyada davra suhbati tashkil etildi.
98 yoshni qarshilagan Ochil bobo Jabborovni Ikkinchi jahon urushi davridagi xizmati, fashizm ustidan qozonilgan g’alabada o’zbek xalqini hissasi, tinchlik atalmish bebaho ne’matning qadri, yurtimizdagi o’zgarish va yangilanishlar haqida so’z bordi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

– Bugungi yoshlar eng baxtli avlod vakillari, desam adashmagan bo’laman, – deydi mayor Anvar Muydinov. – Urush faxriysi bilan suhbatda yana bir karra shunga amin bo’ldim. Tinchligimizga ko’z tegmasin. Harbiylarning jangovar tayyorgarligi, qurol-aslaha va harbiy texnikalar farovonligimizga xizmat qilsin.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Harbiy qismda urush qatnashchisi, nuroniylar hamda yoshlar uchun dasturxon yozildi. Samarqand Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestri tomonidan kuy-qo’shiqlar yangradi.

Kapitan G’ayrat Madrahimov, Otabek Norboyev.

Izoh qoldiring