Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda “Nuroniy” jamg’armasi bilan hamkorlik qilinadi (foto)

Samarqand garnizonidagi 526-Safarbarlik chaqiruvi rezervi batalьoni rahbariyati tomonidan keksa avlod vakillarini qo’llab-quvvatlash hamda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Samarqand shahar “Nuroniy” jamg’armasi bilan hamkorlikni yo’lga qo’ydi.
– Yoshlarni tarbiyalashda ko’pni ko’rgan keksalar pand-nasihati o’zgacha ta’sir etadi, – deydi mayor Elyor Atabayev. – Shu sababli keksa avlod vakillari ko’magidan foydalanish rejamizni bir qismi. Biz ham o’z navbatida yordamga muhtoj keksalar qatlamiga ko’mak ko’rsatamiz. Tadbirlarni o’zgacha ruhda, eng ta’sirchan vositalardan foydalanishga kelishib oldik.
Rejaga ko’ra, batalьon rahbariyati tomonidan urush qatnashchilari xolidan xabar olish, boquvchisini yo’qotgan yoki mehnatga layoqati bo’lmagan keksa avlod vakillariga moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatish ko’zda tutilgan. “Nuroniy” jamg’armasi esa o’z navbatida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, keksalar ishtirokida davra suhbati tashkil etish, “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” mavzusida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirish, bu kabi tadbirlar viloyatning chekka hududlarida o’tkazilishi bo’yicha kelishib olishdi.

Kapitan G’ayrat Madrahimov, Otabek Norboyev

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring