Ilk bor Markaziy harbiy okrugda harakatdagi jangovar texnikalarni ta’mirlash ustaxonasi ishga tushdi (foto+video)

Markaziy harbiy okrugda ilk bor bir vaqtni o’zida 20 dan ortiq xizmat mashinasi hamda jangovar texnikalarga xizmat ko’rsatadigan harakatchan ta’mirlash ustaxonasi ishga tushdi.

Mazkur ta’mirlash ustaxonasida texnikalarga barcha turdagi ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Jumladan, harbiy texnikani yurish, boshqaruv hamda dvigatel qismiga xizmat ko’rsatish, shinalarni demontaj va montaj qilish, lentali arra dastgohi, yuqori bosim yoqilg’i nasosini rostlash uskunasi, qurollarga g’ilof va tasma tikuv mashinalari va boshqa uskunalar bilan ta’minlangan.

Shu vaqtga qadar bu kabi ta’mirlash ishlari jangovar texnikalarga biriktirilgan harbiylar tomonidan amalga oshirligan. Hozirda ushbu ustaxonada yosh harbiy xizmatchilarni harbiy texnikalarga xizmat ko’rsatish bo’yicha mashg’ulotlar tashkil etilmoqda.
Zamonaviy stanokli dastgohlar va uskunalar 2,5 mlyard. so’mga harid qilingan bo’lib, texnikalarni ta’mirlash uchun 30 ga yaqin soha mutaxassislari jalb qilingan.

Eslatib o’tamiz, 2018 yilda Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlarda autsorsing tizimi yo’lga qo’yilishi, shaxsiy tarkibni unga xos bo’lmagan vazifalardan ozod qilib, butun kuch-g’ayrati bilan o’z mutaxassisligini oshirishga xizmat qildi. Harakatchan ta’mirlash ustaxonasini ishga tushishi esa bu yo’ldagi yana bir muhim qadam bo’ldi.

Kapitan G’ayrat Madrahimov, Otabek Norboyev.

Izoh qoldiring