Qo’mita raisi Markaziy harbiy okrugda bo’lib, harbiy xizmatchilarni muammolarini o’rgandi (foto)

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi raisi Erkin Salixov Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari bilan suhbatlashdi.
Dastlab, O’zbekiston Prezidenti tomonidan Oliy Majlisga yo’llagan murojaatnomasi va undagi vazifalar haqida to’xtaldi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Tadbirda okrug qo’mondonligi, Markaz rahbariyati, «Vatanparvar» mahallasi faollari hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
Shundan so’ng harbiy xizmatchilar Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo’yicha istiqboldagi vazifalar haqida so’radi. Shuningdek, Vatan posbonlari harbiylarni farzandlari uchun imtiyoz yaratilgan bo’lishiga qaramasdan Maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda Davlat xizmatlari markazlarida bog’chadagi o’rinlar soni 17 ta farq bilan qayd etilgani to’g’risida murojaat qilishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Qo’mita raisi bu kabi muammolar Respublikamizning barcha hududlarida borligi, hal qilishda faqatgina MTM sonini ko’paytirish orqali yechish mumkinligini ta’kidladi. Markaziy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni polkovnik Aybek Saidov “Vatanparvarlar” mahallasida eski Ma’naviyat va ma’rifat markaziy binosi o’rnida yangi MTM binosini barpo etish, bu orqali harbiy xizmatchilarning oilalarini ish bilan ta’minlash va mavjud muammoni hal etish taklifini bildirdi.
Tadbir so’nggida okrug qo’mondoni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi raisi Erkin Salixovga tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Ma’lumot o’rnida, Erkin Salixov 2003 yilda Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. 2003-2011 yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashida, 2011 yilda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutida faoliyat yuritgan. 2017-2019 yillarda Davlat bojxona qo’mitasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig’i, 2020 yil yanvardan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi raisi lavozimlarida ishlab kelmoqda.
“Shuhrat” davlat mukofoti bilan bilan taqdirlangan.

Kapitan G’ayrat Madrahimov, Otabek Norboyev.

Izoh qoldiring