O’zbekistondagi eng katta poligonda birinchi marotaba 45 nafar senator va deputatlar snayper, Makarov pistoleti, plumyot hamda TOZ-8 qurollaridan amalda otishdi (foto)

Kecha, 1 mart kuni birinchi marotaba Markaziy harbiy okrugiga qarashli O’zbekistondagi eng katta poligon – “Kattaqo’rg’on” dala o’quv maydoniga Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov boshchiligida senator va deputatlar tashrif buyurdi.

Harbiy formadagi deputat va senatorlarga Markaziy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni polkovnik Aybek Saidov poligonda harbiylar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko’rsatdi. Faxriylar, harbiy prokurotura xodimlari, deputat va senatorlar tomonidan poligondagi harbiy shaharcha hududiga 200 ga yaqin ko’chat ekildi.

Shundan so’ng, 45 nafar senator va deputat amaliy o’q otish maydoniga yo’l oldi. 15 nafar ayol deputat (ulardan 2 nafari senator) TOZ-8 qurolidan sinov mashqlarini bajardi. Viloyat hokimi va okrug qo’mondoni hamda ikki nafar senator Makarov pistoletidan, 27 deputat esa snayper, qo’l plumyoti qurollaridan amalda o’q otishdi.

Dastlabki 6 dona o’q sinov tariqasida, keyingilari baho uchun otildi. Otish tayyorgarligi va uning baholanib borishiga polkovnik Qahramon Achilov mas’ul etib belgilandi. Birinchi marotaba o’q uzishlariga qaramasdan, natijalar yomon bo’lmadi. Unga ko’ra, 8 ta “a’lo”, 13 ta “yaxshi” hamda 21 ta “qoniqarli” baho qo’yildi. Uch nafar deputat esa Navoiy shahriga “qoniqarsiz” baho bilan qaytadigan bo’ldi.

Tadbir so’ngida senator va deputatlarga hamda “Harbiy-vatanparvarlik sport lageri”da 5 kun davomida faollik ko’rsatgan yoshlarga Markaziy harbiy okrug qo’mondonligini esdalik sovg’alari topshirildi.
Harbiy orkestri ijrosidagi “Jangovar safda” nomli ko’rgazmali hamda qo’l jangi chiqishlari barchaga yaxshi kayfiyat bag’ishladi.

kapitan G’ayrat Madrahimov,

Otabek Norboyev

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring