Qo’mondon ko’rsatmasi bilan zominlik Ikkinchi jahon urush qatnashchisi yashayotgan uy yangidan ta’mirlanib, jihozlab berildi (foto)

Markaziy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni polkovnik Aybek Saidov ko’rsatmasi bilan zominlik Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Pirnazar ota Ahmedovning uyi yangidan ta’mirlanib, xonadon jihozlab berildi.

30 yanvar kuni okrug qo’mondoni birinchi marotaba Zomin tumani Pishag’ar qishlog’iga tashrif buyurib, 98 yoshga kirgan urush faxriysi bilan suhbatda bo’lgandi. Suhbatdan so’ng, Pirnazar ota yashayotgan uy nurayotganligi, xona esa zax hamda talabga javob bermasligini aytib, uyni yangidan ta’mirlashga ko’mak berilishini ta’kidlagandi.

Oradan qisqa vaqt o’tib, ya’ni 29 fevral kuni okrug qo’mondoni, harbiy xizmatchilar, mahalla faollari hamda yoshlar hamrohligida Pirnazar ota yangi uyga ko’chirildi. U yashaydigan xonadon esa shinam va yorug’, shu bilan birga zamonaviy uy jihozlar bilan ta’minlandi. Shu kuni urush faxriysi xonadonida hashar ham tashkil etildi. Harbiy orkestr ijrosida jangovar kuy-qo’shiqlar yangradi.  

Ma’lumot o’rnida, Pirnazar ota Ahmedov urushdan kichik serjant unvoni bilan qaytib kelgan. Uning 7 farzandi, 42 nevara, 92 yevara hamda 5 chevarasi bor. Bundan tashqari, Jizzax viloyati Zomin tumanida 9 nafar urush qatnashchisi yashaydi. Ularga harbiylar tomonidan moddiy va ma’naviy ko’mak berilmoqda.

Kapitan G’ayrat Madrahimov,
Otabek Norboyev.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

 

Izoh qoldiring